O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI

HUZURIDAGI O'QUV MARKAZI

O'quv markazi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-sonli “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorini bajarish hamda moliya organlarining moliya-hisob xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini Davlat byudjetining g‘azna ijrosi sharoitida ishlash uchun qayta tayyorlash maqsadida, 2007 yilning 20 martida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 54-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomi bilan Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi tashkil etildi.

Markaz quyidagi vazifalarni bajaradi:
- moliya organlari va tizim, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi, shuningdek uning joylardagi hududiy bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- byudjet tashkilotlari moliya-hisob xodimlarini zamonaviy pedagogik va axbort texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv dasturlari asosida, Davlat byudjetining g‘azna ijrosi sharoitida ishlashga qayta tayyorlash;
- moliya organlari va tizim xodimlarini, shuningdek byudjet tashkilotlarida moliya-hisob sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonining uslubiy va axborot bazasini tashkil qilish, takomillashtirish va yangilash;
- davlat moliyasini boshqarish va Davlat byudjetining g‘azna ijrosi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;
- Davlat byudjetining g‘azna ijrosi va davlat moliyasini boshqarish masalalari bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy-uslubiy ishlanmalarni tayyorlash hamda tarqatish;
- o‘quv jarayoniga yuqori malakali professor-o‘qituvchi kadrlarni, xorijiy maslahatchilarni, ekspertlar va moliya organlarida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb qilish;
- Davlat byudjetining g‘azna ijrosi va davlat moliyasini boshqarish masalalari bo‘yicha ilmiy anjumanlar va seminarlarni tashkil qilib o‘tkazish.

O‘quv markazi faoliyatining dastlabki davridan Moliya vazirligi tizimi uchun zaxira kadrlarni tayyorlash, moliya tizimi va G‘aznachilik organlari, Nazorat taftish boshqarmasi, Byudjetdan mablag‘ oluvchi pensiya jamg‘armasi xodimlari, Moliya vazirligi moliya inspektorlarining kasbiy malakasini oshirish yo‘nalishlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi vaqtga kelib Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat va sport ishlari vazirliklarining buxgalteriya ixtisoslikligi bo‘yicha faoliyat yurituvchi xodimlarini kasbiy malakasini oshirish borasida aniqlangan talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, respublikada hududiy malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.
O‘quv markazida malaka oshirgan mutaxasislar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga oid yangi normativ huquqiy hujjatlar, amaliyotda amalga oshirish tartiblari, ijrosi, hisobot shakllari va ularning amaliyotda bajarish bo‘yicha iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.