O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI

HUZURIDAGI O'QUV MARKAZI

Davlat moliyasi kafedrasi

Kafedraning tashkil etilgan sanasi: 2007 yil.

Kafedraning maqsadi va vazifasi:


“Davlat moliyasi” kafedrasi faoliyatining maqsadi – moliya organlari va byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hisoblanadi.

Kafedraning professor-o‘qituvchi tarkibi:

F.I.O Vazifasi Ilmiy unvoni, darajasi
 1 Xaydarov Miryaqub Tadjievich Kafera mudiri i.f.n
 2 Qayumov Baxtiyor Yaxshilikovich Katta o’qituvchi  
 3 Aripova Nasiba Azadovna Katta o’qituvchi  
 4 Ergashev Alijon Raximjonovich Katta o’qituvchi  

KAFEDRA O‘Z FAOLIYATI DAVOMIDA QUYIDAGI YO‘NALISHLAR VA FANLAR BO‘YICHA XODIMLARNING MALAKALARI OSHIRILADI:

O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi:  
“Davlat byudjetining mazmun va mohiyati”, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va byudjet tizimining tuzilmasi”, “Byudjet tasnifi va uni takomillashtirish”, “Byudjet jarayonini tashkil etish asoslari”, “Davlat byudjeti daromadlari”, “Davlat byudjetidan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilishni moliyalashtirish”, “Byudjetlararo munosabatlar va uni takomillashtirish yo‘nalishlari”, “Byudjetdan tashqari Davlat maqsadli jamg‘armalari va O‘zbekiston Tiklanish va taraqqqiyot jamg‘armasi”.

Davlat byudjetidan moliyalashtirish:  
“Davlat byudjeti xarajatlarini va byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalarini planlashtirish”, “Moliya yili mobaynida byudjet tashkilotlarining xarajatlari smetalariga o‘zgartirish kiritish tartibi”, “Sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish”, “Ta’lim tizimi va ta’lim tizimi muassasalarini moliyalashtirish”, “Byudjet so‘rovi jarayonini tashkillashtirish va byudjet buyurtmasini topshirish tartib qoidalari” hamda Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlaridan moliyalashtirish bilan bog‘liq boshqa mavzular.

Nazorat-taftish ishi:
“Nazorat-taftish ishini tashkillashtirish, uning predmeti va vazifalari”, “Taftish o‘tkazish qoidalari”, “Taftishga tayyorgarlik”, “Hujjatli nazorat”, shuningdek, amaliy nazoratni turli aspektlari va uslublarini yorituvchi mavzular.

Makroiqtisodiyot va iqtisodiy nazariya:
“Ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurishning o‘zbek modeli”, “Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi”, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari va iqtisodiy krizis oqibatlarini bartaraf qilish choralarini, tarmoqlar rivojlanishining dolzarb masalalari va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarini yorituvchi mavzular.

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.