O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI

HUZURIDAGI O'QUV MARKAZI

Davlat byudjetining g‘azna ijrosi kafedrasi

Kafedraning tashkil etilgan sanasi: 2007 yil.

Kafedraning maqsadi va vazifasi:

“Davlat byudjetining g‘azna ijrosi” kafedrasini maqsadi – moliya organlari va byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hisoblanadi.

Kafedraning professor-o‘qituvchitarkibi:

F.I.O Vazifasi Ilmiyunvoni, darajasi
1 Zikrillayeva Nodira Axmedovna Kafedra mudiri i.f.n
2 Raximova Gulnora Xoshimovna   Katta o’qituvchi  
3 Boltaev Sanjar Botirovich O’qituvchi  
4 Musayeva Iroda Axmedjanovna O’qituvchi   

 

KAFEDRA O‘Z FAOLIYATI DAVOMIDA QUYIDAGI YO‘NALISHLAR VA FANLAR BO‘YICHA XODIMLARNING MALAKALARI OSHIRILADI:

Davlat byudjetining g‘azna ijrosi moduli:  
O‘zbekiston Respublikasi g‘aznachilik tizimining mohiyati va ahamiyati. G‘aznachilikning jahon tajribasi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti g‘azna ijrosining me’yoriy-huquqiy asoslari. Davlat byudjeti g‘azna ijrosining rivojlanish strategiyasi. Yagona g‘azna hisobvarag‘i mablag‘larini boshqarish asoslari. Davlat byudjeti g‘azna ijrosi sharoitida yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish tartibi. G‘aznachilik tizimida moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish va to‘lovlarni amalga oshirish tartibi. G‘azna ijrosi sharoitida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish tartibi. Davlat byudjetining g‘azna ijrosi sharoitida davlat ichki va tashqi qarzlari bo‘yicha hisob–kitob qilish tartibi. Davlat byudjeti g‘azna ijrosi sharoitida mamlakat iqtisodiy havfsizligini ta’minlash yo‘llari.

Davlat xaridlari moduli:  
Davlat xaridlarini tashkil etish va rivojlantirish bosqichlari. Davlat xaridlari jarayonini rejalashtirish va ijrosini ta’minlash tartib-qoidalari. Davlat xaridlari tizimining horij tajribasi. Davlat xaridlari bo‘yicha axborot portalidan foydalanish tartib-qoidalari.

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.