O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI

HUZURIDAGI O'QUV MARKAZI

O‘quv metodik bo‘lim

O‘quv metodik bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazining moliya organlari va moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘ycha tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Mazkur bo‘lim orqali ta’lim jarayonini tashkil qilinishi, boshqarilishi va nazorati amalga oshiriladi.

Bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari:

- O‘quv markazi kafedralari va bo‘linmalari tomonidan o‘quv jarayonining metodik ta’minotini tashkil qilish;
- Moliya vazirligi tizimining xodimlari uchun tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim dasturini amalga oshirishning ilmiy metodik ta’minotini tashkil qilish;
- O‘quv markazida ta’lim dasturini kerakli o‘quv dasturiy hujjatlar: davlat talablari, namunali o‘quv rejalari bilan ta’minlash bo‘yicha ishni tashkil qilish;
- O‘quv-dasturiy hujjatlarni (O‘quv markazining mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv dasturlarini) ishlab chiqish, ishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
- O‘quv markazining mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv rejalarini ekspertizasini o‘tkazish (mutaxassislik yo‘nalishlari, ixtisoslashuv);
- O‘qitishning kursatmaliligini takomillashtirish, o‘quv jarayonida o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanish, tinglovchilar mustaqil ishini tashkil qilishga ko‘maklashish;
- Ta’lim jarayonini ixtisosliklar bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv rejalariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq rejalashtirish, tashkil qilish va nazora qilish;
- Ta’lim jarayoniga yangi o‘quv-dasturiy hujjatlarni joriy qilish bo‘yicha ishni amalga oshirish;
- Ta’lim jarayonini tashkil qilish masalalari bo‘yicha lokal normativ huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnanashish;
- Ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil qilish va nazorati;
- Tinglovchilar kontingentining hisobi hamda ular harakati ustidan nazoratni tashkil qilish, statistik hisobini rasmiylashtirish va taqdim qilish;
- Tinglovchilar o‘zlashtirishining balli-reyting tizimini hamda o‘qituvchilar, kafedralar va boshqalarning ball-reytingli tizimini tashkil qilish hamda joriy qilish;
- O‘qituvchilar (shtat bo‘yicha, urindoshlik asosida va soabay ishlaydiganlar) tomonidan o‘quv yuklanmasi bajarilishini nazorat qilish va hisobga olish.

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.