Barqaror davlat xaridlari yoʻnalishida xalqaro hamkorlik kengaymoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazida GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) hamda ACT Global xalqaro ekspertlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida Oʻquv markazining taʼlim tizimi, trenerlar salohiyati, oʻquv dasturlari, tinglovchilarni baholash va sertifikatlash mexanizmlari muhokama qilindi. Shuningdek, barqaror davlat xaridlari (Sustainable Public Procurement – SPP) yoʻnalishida maxsus oʻquv dasturlarini joriy etish hamda trenerlarni tayyorlash (ToT) boʻyicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar davlat xaridlari sohasida zamonaviy bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish, xalqaro tajribani joriy etish hamda Oʻquv markazining institutsional salohiyatini yanada mustahkamlash borasidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
