footer-logo

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi

gerbflag
Bosh sahifaIqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi Alfraganus universitetida o‘tkazilayotgan “Karyera kuni” tadbirida munosib ishtirok etdi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi Alfraganus universitetida o‘tkazilayotgan “Karyera kuni” tadbirida munosib ishtirok etdi.

news-image

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi Alfraganus universitetida o‘tkazilayotgan “Karyera kuni” tadbirida munosib ishtirok etdi. Mazkur tadbirda Markaz nomidan Parmonova Nargiza va Erkin Abdullayev vakil sifatida faol qatnashdi.

photo_2026-04-30_17-16-00

 

Mazkur tadbirning tashkil etilishi asosida universitetning talaba-yoshlariga turli tashkilot va idoralardan tashrif buyurgan vakillari bilan uchrashish va  bevosita muloqot qilish imkoniyatini yaratadi. Ishtirokchilar kelajakda mehnat  faoliyatini boshlash maqsadida o‘z  rezyumelarini topshirish, suhbatlarda qatnashish singari imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishmoqda.

photo_2026-04-30_17-16-12

 

Bundan tashqari, tadbir davomida tashkil etilgan stendlarda talabalar uchun amaliyot o‘tash va ishga joylashish bo‘yicha dastlabki tanlov jarayonlari ham olib borildi. Bu esa yoshlarga o‘z kasbiy salohiyatini namoyon etish, tajriba orttirish va mehnat bozoridagi imkoniyatlarni o‘rganishda yanada muhim zamin yaratadi.

photo_2026-04-30_17-16-20

“Karyera kuni” tadbiri

 talaba-yoshlarni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda ta’lim bilan amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga bevosita  xizmat qiladi.

2026-04-30
22
Chop etish