Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida joriy yilning 20-aprel sanasidan boshlab Ismoilov Asqar Qurbonboyevich tomonidan malaka oshirish kursi boshlandi.
Mazkur kurs Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 49-bandiga muvofiq, Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Xavflarni boshqarish qo‘mitalari a’zolari hamda tegishli xodimlar uchun mo‘ljallangan.

O‘quv jarayoni davomida tinglovchilarga xavflarni aniqlash, baholash va boshqarishning ilmiy-uslubiy asoslari, zamonaviy yondashuvlari hamda amaliy mexanizmlari bo‘yicha tizimli bilimlar berilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, mashg‘ulotlarda real holatlar tahlili orqali nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur kurs davlat boshqaruvi tizimida xavflarni samarali boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
