footer-logo

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi

gerbflag
Bosh sahifaIqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi: budjet intizomi va korrupsiyaga qarshi kurashish diqqat markazida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi: budjet intizomi va korrupsiyaga qarshi kurashish diqqat markazida

news-image

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida tasdiqlangan reja-jadval va dasturga muvofiq, tizim xodimlari uchun o‘quv-seminarlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

57b074d2-5c95-662d-051d-f645824bd9e3_lists_slider_208572

Xususan, joriy yilning 19-avgust kuni soat 15:00 da navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir budjet intizomiga rioya etilishini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mavzusiga bag‘ishlandi.

Seminarda jami 7 ta guruhga bo‘lingan holda 110 nafar hududiy iqtisodiyot va moliya organlari, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va Pensiya jamg‘armasi tizimi xodimlari ishtirok etdi.

44380c60-a15f-4a7c-83cb-ebda7c57e036_lists_slider_208572



Jumladan:

Hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalarining Sanoatni rivojlantirish yig‘ma bo‘limi bosh mutaxassislari;

Hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi Urbanizatsiya, uy-joy va master rejalarni ishlab chiqish, investitsiya, DXSH, ijtimoiy va ishlab chiqarish dasturlarini shakllantirish sho‘basi yetakchi mutaxassislari;

Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari;

Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi Budjet daromadlarini prognozlashtirish va tahlil qilish bo‘yicha bosh mutaxassislari;

Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi Mahallalarning moliyaviy ta’minotini ta’minlash va fuqarolar tashabbusli budjeti jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassislari;

Tuman (shahar) G‘aznachilik xizmati bo‘linmasi boshliqlari;

Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sho‘basi bosh mutaxassislari malaka oshirdilar.
O‘quv dasturiga asosan, seminar davomida Vazirlikning Ichki audit departamenti va Komplayens xizmati boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan dasturda belgilangan dolzarb masalalar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Xususan, 2025-yilda Davlat budjeti, jumladan, mahalliy budjetlar daromadlari prognozlari va xarajatlarining haqiqatda bajarilishi, audit va nazorat tadbirlari natijasida 2025–2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, shuningdek, G‘aznachilik xizmati va Pensiya jamg‘armasi tizimida aniqlangan xato va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.

Vazirlik tizimida 2025–2026-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish borasida olib borilgan chora-tadbirlar, tashkil etilgan profilaktik tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning budjet intizomini mustahkamlash, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish yuzasidan fikr va takliflari eshitildi.

Bu kabi o‘quv-seminarlari va davra suhbatlari tasdiqlangan reja-jadval asosida vazirlikning boshqa tuzilmalari xodimlari ishtirokida davom ettiriladi.

2026-08-20
8
Chop etish