footer-logo

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi

gerbflag
Bosh sahifa“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” boʻyicha trening oʻtkazildi

“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” boʻyicha trening oʻtkazildi

news-image
photo_2026-05-01_12-51-09

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan “2025–2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi”da makroiqtisodiy va fiskal prognozlarning sifatini oshirish, tahliliy salohiyatni rivojlantirish hamda makroiqtisodiy modellardan foydalanish kompetensiyalarini kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

photo_2026-05-01_12-51-17

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2026-yil 30-aprel kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” mavzusida trening tashkil etildi.

photo_2026-05-01_12-51-26

Treningda tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalarida faoliyat yurituvchi byudjet daromadlarini prognozlashtirish va tahlil qilish, mahalliy budjetni shakllantirish va budjet tashkilotlarini moliyaviy taʼminlash yoʻnalishidagi mutaxassislar ishtirok etdilar.

photo_2026-05-01_12-51-37

Tadbir doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligining Makroiqtisodiy modellashtirish va prognozlash boʻlimi boshligʻi Saidxonov Saidislom Saidumar oʻgʻli tomonidan makroiqtisodiy tahlil va prognozlash, noaniqlik sharoitida makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni baholash va prognoz qilishning zamonaviy usullari, vositalari va yondashuvlari yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

photo_2026-05-01_12-51-43

Trening ishtirokchilari makrofiskal prognozlash, iqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasi hamda makroiqtisodiy modellardan amaliyotda foydalanish boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarni ega boʻldilar.

Shuningdek, tadbir davomida mamlakatdagi asosiy makroiqtisodiy muammolar, fiskal siyosat samaradorligi, inflyatsiya va iqtisodiy oʻsish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, institutsional islohotlarning ahamiyati kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur trening davlat moliyasini boshqarish sohasida tahliliy salohiyatni oshirish, kadrlarning makroiqtisodiy modellashtirish va prognozlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarini chuqurlashtirish hamda strategiyada belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

2026-05-01
20
Chop etish