Mehnat munosabatlari va xodimlarni ma’murlashtirish: qonunchilik va amaliyot
2026-yil 18-may kuni Hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda Gʻaznachilik xizmati boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo’yicha bosh mutaxassislari uchun mehnat munosabatlariga doir hujjatlarni rasmiylashtirish va xodimlarni ma’murlashtirish jarayonlari bilan bogʻliq qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalar hamda ularni amaliyotda qoʻllash masalalariga bagʻishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Seminarni Karimjonov Muhammadamin Muhammadaliyevich olib bordi. Trening davomida mehnat qonunchiligidagi soʻnggi oʻzgarishlar, mehnat shartnomalarini toʻgʻri rasmiylashtirish, buyruqlar yuritilishi, xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish tartiblari, shuningdek, kadrlar hujjatlarini amaliyotda samarali yuritish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda amaliy misollar asosida tajriba almashdilar. Seminar-trening inson resurslarini boshqarish faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etish va ish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
