footer-logo

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi

gerbflag
Bosh sahifa“Ochiqlik indeksi” va budjet ochiqligiga oid ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi

“Ochiqlik indeksi” va budjet ochiqligiga oid ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi

news-image

Joriy yilning 7-avgust kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida “Ochiqlik indeksi” hamda budjet ochiqligiga oid ma’lumotlarni to‘g‘ri tayyorlash, e’lon qilish va monitoring qilish masalalariga bag‘ishlangan amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

6ef40baa-7233-46d8-7afe-59a59dc912b7_lists_slider_203465

Seminarda vazirlik tizimida ochiq ma’lumotlarni shakllantirish, tekshirish, taqdim etish hamda axborot resurslariga joylashtirish uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar xodimlari, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Milliy statistika qo‘mitasi va “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

02e75c42-ebbc-22d5-a720-95d5d266758c_lists_slider_203465

Tadbirni Iqtisodiyot va moliya vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari Jalol Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash, jamoatchilik uchun muhim ma’lumotlarni o‘z vaqtida hamda sifatli e’lon qilib borishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

cef95ef8-2012-11f6-9150-15caf9e1f572_lists_slider_203465

Seminar davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutaxassisi tomonidan “Ochiqlik indeksi”ni baholash metodologiyasi va vazirlikning reyting natijalari yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi mutaxassisi ochiq ma’lumotlarni shakllantirish va Ochiq ma’lumotlar portaliga taqdim etish talablari haqida tushuntirish berdi.

4d235896-8d34-1338-1998-0da827878a36_lists_slider_203465

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi mutaxassisi rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni joylashtirish hamda ularning raqamli monitoringini olib borish masalalariga to‘xtaldi. Fiskal tahlillar instituti mutaxassislari tomonidan esa budjet ochiqligi bo‘yicha qonunchilik talablari, e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, shuningdek, axborotlarni joylashtirish jarayonida uchrayotgan tipik xato va kamchiliklar tahlil qilindi.

0099714b-9798-1fc8-9c41-83f58d6cd58f_lists_slider_203465

Seminar doirasida ochiq ma’lumotlarning to‘liqligi, ishonchliligi va dolzarbligini ta’minlash, ularni belgilangan muddatlarda yangilab borish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda mas’ul xodimlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida vazirlik tizimida ochiqlikni ta’minlash va budjetga oid ma’lumotlarni jamoatchilikka taqdim etish sifatini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 

2026-08-07
3
Chop etish