footer-logo

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi

gerbflag
Bosh sahifaOʻQUV MARKAZI TINGLOVCHILARI ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZIDA

OʻQUV MARKAZI TINGLOVCHILARI ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZIDA

news-image

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi
Oʻquv markazida malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun darsdan tashqari vaqtda maʻnaviy-maʻrifiy tadbir tashkil etildi.

photo_2026-09-11_13-33-44

Tadbir doirasida tinglovchilarga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga maʻrifiy sayohat uyushtirildi.

Tashkil etilgan sayohatdan asosiy maqsad tinglovchilarning kasbiy
bilimlarini oshirish, ularning maʻnaviy-maʻrifiy dunyoqarashini kengaytirish,
milliy tariximiz va boy madaniy merosimizga boʻlgan qiziqishini yanada kuchaytirishdan iborat.

photo_2026-09-11_13-33-51

Tashrif davomida ishtirokchilar Oʻzbekiston hududida shakllangan boy ilmiy, madaniy va maʻnaviy meros, buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan munosib hissasi haqida maʻlumotlarga ega boʻldilar. Shuningdek, islom sivilizatsiyasining ilm-fan, taʻlim, madaniyat va
sanʻat rivojidagi oʻrni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Markazning ilmiy-maʻrifiy faoliyatida tarixiy manbalar, qoʻlyozmalar, milliy sanʻat va madaniy merosni oʻrganish hamda ularni keng jamoatchilikka yetkazilishiga alohida eʻtibor qaratildi.

photo_2026-09-11_13-33-57

Maʻrifiy sayohat ishtirokchilarda tarixiy xotirani asrash, milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish va ajdodlar merosini chuqur oʻrganishga
boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi.

 

 

2026-09-11
3
Chop etish