footer-logo

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi

gerbflag
Bosh sahifaO‘quv markazida korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

O‘quv markazida korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

news-image

 

Joriy yilning 1-iyun kuni O‘quv markazida “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashning huquqiy asoslari” mavzusida seminar tashkil etildi.

photo_1_2026-06-02_09-22-02

 

Seminarda Hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari, shuningdek, vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlari xodimlari ishtirok etdilar.

 

Tadbirda ma’ruzachi Bahodir Ismoilov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, mazkur yo‘nalishdagi milliy qonunchilikning mazmun-mohiyati, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va majburiyatlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsion xavf-xatarlarni bartaraf etish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

photo_2_2026-06-02_09-22-02

 

Shuningdek, seminar davomida korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashning ahamiyati hamda xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

photo_3_2026-06-02_09-22-02

 

Tinglovchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, amaliy faoliyatda uchrashi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlarga ega bo‘ldilar.

 

Seminar yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etish, xizmat vazifalarini halollik, xolislik va mas’uliyat tamoyillari asosida amalga oshirishning muhimligi alohida ta’kidlandi.

2026-06-01
11
Chop etish