footer-logo

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi

gerbflag
Bosh sahifaOsiyo Taraqqiyot Banki (OTB) vakillari bilan inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) vakillari bilan inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

news-image

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida inson kapitalini rivojlantirish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

photo_2026-06-12_18-22-01



OTB vakillarini O‘quv markazi rahbari Iroda Hamidova G‘afurovna boshchiligidagi markaz jamoasi samimiy kutib oldi. Uchrashuv davomida markaz faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, davlat xizmatchilarining kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

photo_2026-06-12_18-21-35



Tomonlar inson kapitalini rivojlantirish sohasida xalqaro tajribani o‘rganish, qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda trening va seminarlar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

photo_2026-06-12_18-19-39

Shuningdek, raqamli transformatsiya, davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish va malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

photo_2026-06-12_18-21-47



Uchrashuv yakunida ikki tomon hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish va istiqboldagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.



Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari bilan bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuv inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishida muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

2026-06-11
8
Chop etish