Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi direktori xalqaro davlat xaridlari forumida Oʻzbekiston tajribasini taqdim etdi
2026-yil 5–6-iyun kunlari Qirgʻiz Respublikasining Issiqkoʻl viloyatida “Davlat xaridlari tizimini transformatsiya qilish: yangi chaqiriqlar va rivojlanish vektorlari” mavzusida VIII-ochiq xalqaro forum boʻlib oʻtdi.
Forumda davlat xaridlari sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, raqamli transformatsiya, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish hamda sohani professionallashtirish masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazi direktori Iroda Gʻafurovna Hamidova taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Bundan tashqari, “Davlat xaridlarida kompetensiyalar va salohiyatni rivojlantirish” mavzusidagi panel muhokamasida Iroda Hamidova Oʻzbekistonda davlat xaridlari sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda amalga oshirilayotgan islohotlarga to’xtalib o’tdi.
Xususan, davlat xaridlari tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning malakasini muntazam oshirish, sohada zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, shuningdek, 2030-yilgacha davlat xaridlari tizimini rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash, kadrlar salohiyatining ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Forum doirasida Qirgʻiziston, Gruziya, Koreya Respublikasi, Qozogʻiston hamda xalqaro moliya institutlari vakillari bilan davlat xaridlarini professionallashtirishda ilgʻor tajribalar yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi, taklif va tavsiyalar berildi.

Tashkil etilgan xalqaro forum davlat xaridlari sohasida taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilgʻor tajribalarni milliy amaliyotga joriy etish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qildi.
