O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘quv markazi xodimlari taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan O‘quv markazining 6 nafar xodimi tantanali ravishda taqdirlandi.

Mukofotlangan xodimlarga esdalik nishonlarini topshirish bilan birga, O‘quv markazida faoliyat olib borayotgan barcha mutaxassislarning samarali mehnati, tizimni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi, xususan, moliya sohasida kadrlar salohiyatini oshirish, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish singari islohotlarni qo‘llab-quvvatlashdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakat taraqqiyoti va islohotlarning samaradorligi, avvalo, o‘z kasbiga sadoqatlilik, salohiyatli va tashabbuskor mutaxassislarning mehnati bilan chambarchas bog‘liq.

Bunday e’tirof xodimlarni yangi marralar sari yanada ruhlantirib, kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishishga undaydi.

Taqdirlangan professor-o‘qituvchilar va xodimlar O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tilaklar bildirildi.



