SAMARQANDDA DAVLAT XARIDLARI QIYMATINI ŞAFFOF BAHOLAŞ TIZIMI BÖYIÇA SEMINAR-TRENING ÖTKAZILDI
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi
480-son “Davlat xaridlari qiymatini baholaşning şaffof tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori
mazmun-mohiyatini tuşuntiriş, uning ijrosini taʼminlaş hamda davlat buyurtmaçilarining amaliy könikmalarini oşiriş maqsadida joriy yilning
19–23-oktabr kunlari Samarqand viloyatida tadbirkorlik subyektlari hamda budjet buyurtmaçilari uçun seminar-trening taşkil etildi.

Taşkil etilgan seminarda davlat xaridlarida narxlarni asosli belgilaş, budjet mablağlaridan samarali foydalaniş, xarid jarayonlarida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş hamda raqamli texnologiyalardan foydalaniş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Şuningdek, 480-son qaror bilan davlat xaridlari predmetining örtaça bozor va boşlanğiç narxini aniqlaşning şaffof mexanizmlarini joriy etiş, narxlarni işonçli axborot manbalari asosida şakllantiriş va tegişli hisob-kitoblarni asoslaş tartiblarining belgilanganligi alohida taʼkidlandi.
Seminar iştirokçilariga davlat buyurtmaçilari tomonidan xarid predmetining örtaça bozor va boşlanğiç narxini davlat xaridlari böyiça maxsus axborot portalining alohida moduli orqali şakllantiriş, narxlarni aniqlaşda oxirgi 90 kun davomidagi bozor maʼlumotlaridan, ular mavjud bölmagan taqdirda esa 365 kungaça bölgan maʼlumotlardan foydalaniş masalalari tuşuntirildi.
Şuningdek, sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida örtaça bozor narxlarini hisoblaş, vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini integratsiya qiliş orqali narxlarga oid maʼlumotlarni elektron modulga taqdim etiş, xarid predmetining xususiyatlari va sifatini hisobga oliş hamda narxlarni sunʼiy ravişda oşiriş bilan boğliq xavflarni oldini oliş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
