footer-logo

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi

gerbflag
Bosh sahifaSurxondaryo viloyatida davlat xaridlari va “yashil xaridlar” bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari o‘tkazildi

Surxondaryo viloyatida davlat xaridlari va “yashil xaridlar” bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari o‘tkazildi

news-image

2026-yil 9–12-iyun kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, Denov va Sherobod tumanlarida davlat buyurtmachilari hamda tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xaridlarida ishtirok etish tartib-taomillari va “yashil xaridlar”ni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.

photo_2026-06-22_16-53-16



Mazkur o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PQ–249-son qarorining 8.5-bandi hamda 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

photo_2026-06-22_16-54-06



O‘quv mashg‘ulotlarida kafedra professor-o‘qituvchilari R. Bakieva va B. Muhammad tomonidan davlat xaridlarining amaldagi tartib-taomillari, elektron xarid tizimlaridan foydalanish, shuningdek, “yashil xaridlar” tamoyillarini amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.

photo_2026-06-22_16-54-11



Tadbir davomida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, davlat xaridlari sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

 

2026-06-22
7
Chop etish