footer-logo

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi

gerbflag
Bosh sahifaToshkentda mijoz operatsional salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘quv dasturi boshlandi

Toshkentda mijoz operatsional salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘quv dasturi boshlandi

news-image

2026-yil 16-iyun kuni Toshkent shahridagi Panarams mehmonxonasida “Mijoz Operatsional Salohiyatini Rivojlantirish” o‘quv dasturining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 16–19-iyun kunlari davom etadigan mazkur dastur Jahon banki va hamkor tashkilotlar ko‘magida loyiha boshqaruvi, operatsion samaradorlik, monitoring va baholash hamda natijalarga yo‘naltirilgan yondashuvlarni rivojlantirishga qaratilgan.

06.16.2026.2


Dasturda vazirlik va idoralar, loyiha amalga oshirish guruhlari (PIU) vakillari bilan bir qatorda O‘quv markazi professor-o‘qituvchilari ham tinglovchi sifatida ishtirok etib, xalqaro ekspertlar tomonidan taqdim etilgan ilg‘or tajriba va amaliy yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar.

16.06.2026.3


O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar Jahon banki loyiha sikli, moliyalashtirish vositalari, o‘zgarishlar nazariyasi, natijalarga yo‘naltirilgan loyiha boshqaruvi hamda monitoring va baholash tizimlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

16.06.2026.4


Mazkur dastur davlat va loyiha tashkilotlari xodimlarining operatsion salohiyatini oshirish, loyihalarni samarali amalga oshirish hamda rivojlanish natijalariga erishishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

2026-06-16
26
Chop etish