• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Pages
  • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari
Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari

Kafedra nomi: “Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari”

 

Kafedra faoliyatiga oid ma'lumotlar

“Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 1998-yil 5-dekabrdagi 343-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtlari kafedralari to‘g‘risidagi Nizomi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 54-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘quv markazi direktorining 2007-yil 17-sentyabrdagi O‘M/10-1/ls-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘quv markazi bazasida kafedralarni tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

 

Kafedraning maqsadi

Kafedra Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, unda ta'lim berishning zamonaviy va innovatsion usullari asosida o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-ma'naviy ishlar bilan bog‘liq faoliyat amalga oshiriladi.

Kafedraning asosiy maqsadi – 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, zamonaviy sharoitlarda kadrlarning kasbiy bilim va saviyasiga qo‘yilayotgan talablarni hisobga olgan holda, moliya tizimi organlari, budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari, davlat sektorida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati xodimlarini byudjet hisobi hamda Moliya vazirligi axborot tizimlari sohasiga oid bilimlarini chuqurlashtirish, ularda tizimli tahlil va strategik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

 

Kafedraning vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘quv markaziga yuklatilgan vazifalar doirasida, Moliya vazirligining hamda boshqa buyurtmachi vazirliklarning talablariga asosan tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish kurslarini tasdiqlangan o‘quv rejalar asosida zamonaviy pedagogik uslublarda tashkillashtirish va o‘tkazish;

tinglovchilar tomonidan yoziladigan mustaqil ish va yozma ishlarning sifatliligi va maqsadliligini ta'minlash maqsadida ularga rahbarlik qilish uchun kafedra tarkibidan pedagog xodimlarni biriktirish;

kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlashga taqdim etish, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar berish;

kafedrada o‘qitiladigan fanlar doirasida o‘quv-uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, elektron darsliklar va qo‘llanmalarni tayyorlash;

tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy izlanishlar olib borish;

budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etishda faol ishtirok etish;

davlat va chet el grantlari tanlovlarida ishtirok etish;

kafedra xususiyatidan kelib chiqib, Moliya vazirligi boshqarmalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan amaliy aloqalarni o‘rnatish;

fanlar bo‘yicha muammoli ma'ruzalar, seminarlar tashkil qilish va dars berish jarayoniga yetakchi olim va mutaxassislarni taklif qilish;

ta'lim berish jarayoniga yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni joriy etish, fanlar bo‘yicha axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonvaiy o‘quv-texnika vositalaridan hamda xorijiy o‘quv yurtlarining ish tajribalaridan samarali foydalanish;

yetakchi moliyaviy, ilmiy va ta'lim muassasalari bilan aloqalarni o‘rnatish;

o‘quv jarayonini chuqurlashtirish, nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligini kuchaytirish.

 

Kafedra tarkibi

Kafedra mudiri – Qurbonov Shodlikbek Marksovich.

Kafedra katta o‘qituvchisi – Qosimov Muxammadali Sulaymanoxunovich. 

Kafedra o‘qituvchisi – Abduraximov Kamal.

 

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar va ularda qamrab olingan mavzular

“Budjet hisobi” fani bo‘yicha:

Budjet hisobi standartlariga muvofiq buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish tartib-qoidalari;

Budjet tashkilotlarida pul mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobini budjet hisobining standartlariga muvofiq yuritish tartib-qoidalari;

Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar va nomoliyaviy aktivlarga  qo‘yilmalarni budjet hisobining standartlariga muvofiq amalga oshirish tartib-qoidalari;

Tovar-moddiy zaxiralar hisobini budjet hisobining standartlariga muvofiq yuritish tartib-qoidalari;

Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hisobi va turli qarzdorliklar hisob-kitoblarini budjet hisobining standartlariga muvofiq amalga oshirish tartib-qoidalari;

Budjet tashkilotlarida budjet hisobining standartlariga muvofiq moliyaviy natijalar hisobini yuritilishi va moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi;

Budjet tashkilotlarida inventarizatsiya o‘tkazish tartibi va natijalarini budjet hisobining standartlari asosida buxgalteriya hisobida yuritilishi.

“Davlat budjeti g‘azna ijrosining budjet hisobi” fani bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti hisobining g‘azna ijrosini budjet hisobining standartlariga muvofiq tashkil etish va yuritish tartib-qoidalari;

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining pul mablag‘lari va daromadlari hisobini budjet hisobining standartlariga muvofiq amalga oshirish tartib-qoidalari;

Budjet tizimi budjetlarining xarajatlari bo‘yicha majburiyatlari hisob-kitoblarini budjet hisobining standartlariga muvofiq amalga oshirish tartib-qoidalari;

Budjetlararo munosabatlar bo‘yicha debitor va kreditor qarzlar hisob-kitoblarini budjet hisobining standartlariga muvofiq amalga oshirish tartib-qoidalari;

Qo‘shimcha vaqt davrida budjet tizimi byudjetlarining joriy yil moliyaviy faoliyat natijalari hisob-kitoblarini budjet hisobining standartlariga muvofiq amalga oshirish tartib-qoidalari;

Moliya organlari tomonidan mahalliy budjetlar ijrosi bo‘yicha hisobotlarni tuzish va Moliya vazirligiga budjet hisobining standartlariga muvofiq taqdim qilish tartib-qoidalari.

“Davlat sektorida ichki audit” fani bo‘yicha:

Davlat sektorida ichki auditni tashkil etish tartibi;

Davlat sektorida ichki auditni o‘tkazish tartibi va usullari.

“Moliya vazirligi axborot tizimlari” fani bo‘yicha:

Moliya vazirligi axborot tizimlarining xavfsizligini ta'minlash tartib-qoidalari;

“UzASBO” – budjet tashkilotlarining avtomatlashgan tizimi dasturiy majmuasida ishlash tartib-qoidalari.

 

Kafedraning tashkiliy, ma'naviy-ma'rifiy ishlardagi ishtiroki.

Kafedra O‘quv markazida tinglovchilarning ma'naviy, intellektual, axloqiy jihatdan rivojlanishiga ko‘maklashish, ularni milliy qadriyatlarga, vatanparvarlik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, davlat, jamiyat va tashkilot oldidagi vazifalarini sadoqat bilan bajarish uchun mas'uliyat hissini shakllantirish borasida olib borilayotgan har qanday tashkiliy, ma'naviy va ma'rifiy ishlarda faol ishtirok etib keladi. Shuningdek, kafedra tomonidan budjet hisobi, budjet hisobi standartlari, UzASBO dasturiy majmuasida ishlash, davlat sektorida ichki audit kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan konferensiya, davra suhbatlari va o‘quv seminarlari tashkillashtiriladi hamda o‘tkaziladi.

31.05.2021
1599
Chop etish
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов