• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Pages
  • Davlat byudjetining g‘azna ijrosi
Davlat byudjetining g‘azna ijrosi

Kafedra nomi: “ Davlat budjetining g‘azna ijrosi”

Kafedra faoliyatiga oid ma’lumotlar

“Davlat budjetining g‘azna ijrosi” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 54-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

O‘quv markazi direktorining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘M/10-1/ls-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘quv markazi bazasida kafedralarni tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

Kafedraning maqsadi

Kafedra Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, unda ta’lim berishning zamonaviy va innovatsion usullari asosida o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-ma’naviy ishlar bilan bog‘liq faoliyat amalga oshiriladi.

Kafedraning asosiy maqsadi – 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, zamonaviy sharoitlarda kadrlarning kasbiy bilim va saviyasiga qo‘yilayotgan talablarni hisobga olgan holda, pensiya, g‘aznachilik va moliya organlari hamda davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmachi va yetkazib beruvchilar sifatida faoliyat yurituvchi xodimlarni davlat budjetining g‘azna ijrosi, pensiya ishi va davlat xaridlariga oid bilimlarini chuqurlashtirish, ularda tizimli tahlil va strategik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdir.

Kafedraning vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘quv markaziga yuklatilgan vazifalar doirasida, Moliya vazirligining hamda boshqa buyurtmachi vazirliklarning talablariga asosan tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish kurslarini tasdiqlangan o‘quv rejalar asosida zamonaviy pedagogik uslublarda tashkillashtirish va o‘tkazish;

Tinglovchilarning bilim va malakasini mustahkamlashda tahliliy va muammoli vaziyatlar bo‘yicha vazifalarni berish, bilimlarini mustahkamlash va aniqlash maqsadida ularga rahbarlik qilish uchun kafedra tarkibidan pedagog xodimlarni biriktirish;

kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlashga taqdim etish, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar berish;

kafedrada o‘qitiladigan fanlar doirasida o‘quv-uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, elektron darsliklar va qo‘llanmalarni tayyorlash;

tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy izlanishlar olib borish;

budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etishda faol ishtirok etish;

davlat va chet el grantlari tanlovlarida ishtirok etish;

kafedra xususiyatidan kelib chiqib, Moliya vazirligi boshqarmalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan amaliy aloqalarni o‘rnatish;

fanlar bo‘yicha muammoli ma’ruzalar, seminarlar tashkil qilish va dars berish jarayoniga yetakchi olim va mutaxassislarni taklif qilish;

ta’lim berish jarayoniga yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni joriy etish, fanlar bo‘yicha axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan hamda xorijiy o‘quv yurtlarining ish tajribalaridan samarali foydalanish;

yetakchi moliyaviy, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan aloqalarni o‘rnatish;

o‘quv jarayonini chuqurlashtirish, nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligini kuchaytirish.

Kafedra tarkibi

Кafedra mudiri – Bakiyeva Ra’no Xudayberganovna.

Kafedra katta o‘qituvchisi – Musayeva Iroda Axmedjanovna.

Kafedra katta o‘qituvchisi – Boltayev Sanjar Botirovich.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan modullar va ularda qamrab olingan mavzular

Davlat budjetining g‘azna ijrosi moduli:

G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar va ularni avtomoatlashtirish bo‘yicha islohotlar;

G‘aznachilikda biznes jarayonlarini muvofiqlashtirish;

Yagona g‘azna hisobvarag‘i mablag‘larini boshqarish va likvidligini ta’minlash;

Davlat budjeti g‘azna ijrosi va hisobini yuritish hamda hisobotlarni shakllantirish tartib-qoidalari;

Budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi operatsiyalarini amalga oshirish tartib-qoidalari;

G‘aznachilikda amalga oshirilgan operatsiyalarni monitoring qilish tartib va tamoyillari;

Davlat qarz majburiyatlari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishi;

Xorijiy davlatlarni budjet mablag‘larini boshqarish tizimi

Davlat xaridlari moduli:

Davlat xaridlari jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari;

Davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar;

Davlat xaridlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha savdoni amalga oshirish tartib-qoidalari;

Davlat xaridlarida elektron savdolar va ularni amalga oshirish tartib-qoidalari;

Eng yaxshi takliflarni tanlashni o‘tkazish tartib-qoidalari;

Tender o‘tkazish tartib-qoidalari;

Davlat xaridlari jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish;

Davlat xaridlarini amalga oshirishda dasturiy majmualar bilan ishlash.

Pensiya ishi moduli:

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minotining tashkiliy-huquqiy asoslari;

Davlat pensiyalarini va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash tartib-qoidalari;

“Pensiya” dasturiy majmuasida joriy etilgan statistik va idoraviy hisobotlarni shakllantirish jarayoni;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasida budjet hisobini yuritish qoidalari;

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda to‘lanadigan badallarni to‘lash va ish stajiga ega bo‘lish tartibi;

“Pensiya”  dasturiy majmuasida ishlash tartibi;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi umumiy qoidalar;

Ijtimoiy nafaqalar uchun ajratiladigan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni tashkil etish va nazorat qilish.

Kafedraning tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi ishtiroki

Kafedra O‘quv markazida tinglovchilarning ma’naviy, intellektual, axloqiy jihatdan rivojlanishiga ko‘maklashish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, vatanparvarlik hamda Hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, davlat, jamiyat va tashkilot oldidagi vazifalarini sadoqat bilan bajarish uchun mas’uliyat hissini shakllantirish borasida olib borilayotgan har qanday tashkiliy, ma’naviy va ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etib keladi. Shuningdek, kafedra tomonidan davlat budjeti g‘azna ijrosi, “DMBAT” dasturiy majmuasida ishlash, davlat xaridlari, e-xarid, uzexuz, maxsus axborot portalidan foydalanish, “Pensiya” dasturiy majmuasida ishlash, “IXYaR” dasturiga ma’lumotlarni kiritish va foydalanish tartibini o‘rgatish, davlat mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanish va nazorat bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurash va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha konferensiya, davra suhbatlari, o‘quv seminarlarini tashkil qiladi va o‘tkazadi.

05.05.2021
1158
Chop etish
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов