• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Pages
  • Davlat moliyasi
Davlat moliyasi

Kafedra nomi: «Davlat moliyasi» kafedrasi

Kafedra faoliyatiga oid ma'lumotlar

«Davlat moliyasi» kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 54-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘quv markazi direktorining 2007-yil 17-sentyabrdagi O‘M/10-1/ls-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘quv markazi bazasida kafedralarni tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

Kafedraning maqsadi

         O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazining «Davlat moliyasi» kafedrasi makroiqtisodiy nazariya va iqtisodiy rivojlanish, moliya, budjet tizimi va bu sohaga oid boshqa modullar bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy ishlarni olib boruvchi asosiy bo‘linma hisoblanib, unda ta'lim berishning zamonaviy va innovatsion usullari asosida o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-ma'naviy ishlar bilan bog‘liq faoliyat amalga oshiriladi.

         Kafedraning asosiy maqsadi – 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, zamonaviy sharoitlarda kadrlarning kasbiy bilim va saviyasiga qo‘yilayotgan talablarni hisobga olgan holda, moliya va g‘aznachilik organlari xodimlarining davlat moliyasi hamda budjeti tizimiga oid bilimlarini chuqurlashtirish, ularda tizimli tahlil va strategik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

Kafedraning vazifalari:

- barcha o‘quv shakllari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘quv markazining standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma'ruzalar, seminarlar, amaliy, davra suhbatlari va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

- xodimlarning ilmiy izlanishlariga va tinglovchilarning mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

- kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlashga taqdim etish, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar berish;

- darslik, o‘quv uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, elektron darsliklar va qo‘llanmalar tayyorlash, shuningdek nodavlat ta'lim muassasalarining buyurtmalariga binoan zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda bevosita ishtirok etish;

- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy ishlarni muhokama qilish va himoyaga tavsiya etish;

- budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari va tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatish;

- kafedra xususiyatidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;

- davlat va chet el grantlari tanlovlarida ishtirok etish;

- fanlar bo‘yicha muammoli ma'ruzalar, seminarlar tashkil qilish va dars berish jarayoniga Respublika va chet el yetakchi olimlarini taklif etish;

- ta'lim berish jarayoniga yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni joriy etish, fanlar bo‘yicha axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan hamda xorijiy o‘quv yurtlarining ish tajribalaridan samarali foydalanish;

- o‘quv markazining sobiq bitiruvchilari bilan aloqalarni davom ettirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy loyihalarni tashkil etish va bajarish;

- xorijiy davlatlarning moliyaviy, ilmiy va ta'lim muassalari bilan xalqaro ilmiy aloqalar o‘rnatish.

- o‘quv jarayonini chuqurlashtirish, nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligini kuchaytirish.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi

Kafedra mudiri – Mirzaxidova Shoira Gulyamovna

Kafedra katta o‘qituvchisi – Aripova Nasiba Azadovna

Kafedra tomonidan o‘tiladigan dars mavzulari

Makroiqtisodiy nazariya va iqtisodiy rivojlanish

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi.

O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi

Budjet jarayonini tashkil etish tartib-qoidalari.

Davlat budjeti daromadlari, ularni tahlil qilish va prognozlashtirish usullari.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi soliq-budjet siyosatini takomillashtirish hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar. 

Budjetlararo munosabatlar va hududlar budjeti daromadlar bazasini oshirish yo‘nalishlari.

O‘zbekiston Respublikasi budjet tasnifi tizimi.        

O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi va tuzilmasi.

Davlat moliyasini boshqarish tizimi.   

Davlat maqsadli dasturlarini shakllantirish va tasdiqlangan dasturlarni monitoring qilish tartibi.

Davlat budjetidan budjet muassasalari va budjetdan mablag‘lar oluvchilarni moliyalashtirish

O‘rta muddatli budjetni rejalashtirish.

Budjet tashkilotlari harajatlar smetalari va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash hamda ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-qoidalari.

Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirish va harajatlarini amalga oshirish tartib-qoidalari. 

Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ulardan kutilayotgan natija.    

Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ulardan kutilayotgan natija.

Shahar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari tashkiliy tuzilishining o‘ziga xos jihatlari, obodonlashtirish sohasida ish haqi va boshqa xarajatlarni rejalashtirish tartibi.

Korxonalarning tovar (ish, xizmat)lari bo‘yicha narxlarni shakllantirish va narx orqali tartibga solish.

Respublika aholi punktlarida infratuzilmani rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan Dasturlar.

O‘zbekiston Respublikasi davlat rivojlantirish dasturlariga loyihalarni kiritish va ularni moliyalashtirish tartib-qoidalari.

Davlat moliyaviy nazorati

Davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish masalalari .   

Kafedraning tashkiliy, ma'naviy-ma'rifiy ishlardagi ishtiroki.

“Davlat moliyasi” kafedrasi O‘quv markazida tinglovchilarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan rivojlanishiga ko‘maklashish, ularni milliy qadriyatlarga, vatanparvarlik, fuqarolik va bag‘rikenglik tuyg‘ulariga, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek ularda jamiyat va tashkilot oldidagi vazifalarini sadoqat bilan bajarish uchun mas'uliyat hissini shakllantirish borasida olib borilayotgan har qanday tashkiliy, ma'naviy va ma'rifiy ishlarda faol ishtirok etib keladi. Shuningdek, kafedra tomonidan budjet tizimi, budjetlararo munosabatlar va moliya sohasiga oid masalalarga bag‘ishlangan konferensiya, davra suhbatlari va o‘quv seminarlari tashkillashtiriladi hamda o‘tkaziladi.

31.05.2021
953
Chop etish
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов