Markaz vazifalari quydagilardir:
Moliya organlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari hodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek zamonaviy pedogagik va information texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim dasturlari asosida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob-kitob personalini Davlat byudjetining g‘aznachilik ijrosi sharoitlarida ishlashga qayta tayyorlash;
Moliya organlari hodimlari va byudjet tashkilotlarining moliya-hisob-kitob personalini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonining metodiy va axborot bazasini tashkil etish, takomillashtirish va yangilash;
Davlat moliyalarini boshqarish, uning daromad va xarajat qismi hamda Davlat byudjetining g‘aznachilik ijrosi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, shuningdek Davlat byudjetining g‘aznachilik ijrosi va davlat moliyalarini boshqarish masalalari bo’yicha darsliklar, o‘quv darsliklari va ilmiy-metodik ishlanmalarni tayyorlash va tarqatish.