Joriy yilning 17 oktabr kuni O'zbekistonning Vashington shahridagi elchixonasida AQSh G'aznachilik Departamentining texnik ko'mak bo'limi va O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi o'rtasida "Budjet va moliyaviy hisobdorlik hamda davlat qarzi va infratuzilmalarni moliyalashtirish dasturi" bo'yicha texnik topshiriqni imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

Imzolash marosimida O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o'rinbosari Odilbek Isoqov va AQSh G'aznachilik departamenti rahbarining texnik ko'mak siyosati bo'yicha o'rinbosari U.L. MakDonald qatnashishdi.
Budjet va moliyaviy hisobot dasturi quyidagi yo'nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini beradi:
• Parlamentga yillik budjetni taqdim etish va uning ko'rib chiqilishi uchun samarali tizimlar va jarayonlar;
• Davlat budjetining g'azna ijrosi jarayonini takomillashtirish.
Fiskal prognozlashning yangi vositalarini joriy qilish, shu jumladan quyidagilarni bajarish va natijalarga qarab, soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni ishlab chiqish:
• Parlamentga yillik budjetni taqdim etish va uning ko'rib chiqilishining samarali tizimlari va jarayonlarini o'z ichiga olgan budjet jarayonini takomillashtirish;
• Budjet hujjatlari shaffofligini oshirish;
• Yangi xarajatlar uchun tekshirish omillarini ishlab chiqish;
• Budjet siyosatini natijadorlik va samaradorlikga yo'naltirilishi.
Davlat budjetining g'azna ijrosi jarayonini quyidagilar orqali takomillashtirish ko'zlangan:
• Likvidlik va pul mablag'larini boshqarish tizimini takomillashtirish, shu jumladan joriy biznes jarayonlarini qayta ko'rib chiqish;
• Yagona g'azna hisobvarag'ining, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarning to'liq qamrovini ta'minlash.
Davlat qarzi va infratuzilmani moliyalashtirish dasturi (GDIF) quyidagilar bo'yicha hamkorlik qilish imkoniyatlarini beradi:
• Davlatning ichki qarz bozorini rivojlantirish;
• Davlat qarzlarini boshqarish siyosati va amaliyoti, hamda
• Loyihalarni moliyalashtirish.
Texnik ko'mak idorasi Moliya vazirligiga quyidagi maqsadlarga erishish uchun yordam ko'rsatishni rejalashtirmoqda:
• O'rta muddatli qarz strategiyasi asosida davlat qarzlarini rejalashtirishni takomillashtirish;
• Davlat qarz majburiyatlari bo'yicha kim oshdi savdolarini joylashtirilishini samarali, oshkora qilish, shu jumladan qarzlarni berish kalendarlarini muntazam nashr etish;
• Obligatsiyalar portfelini boshqarish, shu jumladan risklarni aniqlash va boshqarish;
• Shartli majburiyatlarni aniqlash, baholash, hisobga olish va hisobot berish uchun to'liq imkoniyatlar;
• Dastlab qimmatli qog'ozlarni qayta sotib olish operatsiyalaridan keng foydalanish va qimmatli qog'ozlarning chiqarilishi hisobiga davlat qimmatli qog'ozlari bozorining likvidliligini oshirish;
• Davlat qimmatli
qog'ozlari, shu jumladan mahalliy jismoniy shaxslar va xorijiy institutlar
uchun investorlar bazasining kengaytirish;
• Davlat va xususiy sheriklikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va monitoring qilish siyosati
hamda tartiblarini qabul qilish;
• Davlatning investitsiya loyihalarini tahlil qilish va ustuvorlashtirish uchun aniq kadrlar salohiyati va aniq jarayonlarni joriy qilish ko'zda tutilgan.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati.
Manba: Mf.uz