• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Respublikada iqtisodiyot barqaror oʻsishini taʼminlashga va aholining farovonlik darajasini oshirishga, yoqilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan talab-ehtiyojni uzluksiz qanoatlantirishga qaratilgan neft-gaz, elektr energetika, koʻmir, kimyo, qurilish industriyasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, yoqilgʻi-energetika tarmogʻining mavjud quvvatlari energiya resurslariga ortib borayotgan talab-ehtiyojni toʻliq darajada taʼminlamayapti, mamlakatimiz iqtisodiyotining energiya sarfi hajmi rivojlangan mamlakatlarning oʻrtacha koʻrsatkichidan ancha yuqoridir.

Hozirgi vaqtda asosan gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmining atigi oʻn foizi toʻgʻri kelmoqda. Nihoyatda katta salohiyat mavjud boʻlishiga qaramasdan, quyosh va shamol singari qayta tiklanuvchi energiya manbalarining imkoniyatlaridan toʻliq darajada foydalanilmayapti.

Shu munosabat bilan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish davlat siyosatining hozirgi bosqichdagi dolzarb yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolishi lozim.

Ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olib, mavjud resurslarni va ishga solinmagan salohiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi hajmini keskin kamaytirish borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish, shuningdek, yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

a) Oʻzbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunidaqayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi imtiyoz va preferensiyalar, shu jumladan, quyidagilar:

qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran besh yil muddatga soliqning barcha turlarini toʻlashdan;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq boʻlgan) oʻrnatganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran oʻn yil muddatga mol-mulk soligʻinihamda ushbu qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha yer soligʻini toʻlashdan;

ishlab turgan energetika resurslari tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan yashash uchun moʻljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga yer soligʻini toʻlashdan ozod etilishi nazarda tutilgan;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3379-son qarori bilan oʻrnatilgan tartibga muvofiq 2018-yil 1-yanvardan boshlab:

davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi;

yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq suv taʼminoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitkich qurilmalarini, shuningdek, energiya tejamkor lampalarni majburiy tartibda oʻrnatish koʻzda tutiladi.

2. Energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha vazirlik va idoralarning, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy soha korxonalari va tashkilotlarining ishi qoniqarsiz deb topilsin.

3. Maʼmuriy binolarda, aholi punktlarida va ishlab chiqarish obyektlarida energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining birinchi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimlari shaxsan javobgar ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019-2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish kompleks dasturi (keyingi oʻrinlarda – Kompleks dastur) maʼqullansin:

a) quyidagilarni:

qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirishning maqsadli parametrlarini 1-ilovaga muvofiq tasdiqlash, ularning ulushini 2030-yilga borib elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan koʻprogʻiga yetkazish;

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini yanada oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlash;

b) mintaqalarda ijtimoiy soha obyektlarini (taʼlim muassasalari, shu jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash obyektlarini) energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek:

issiq suv va elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun zamonaviy quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitkichlarini (markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimlariga ulangan obyektlar bundan mustasno), shuningdek, energiya samarador, shu jumladan, bivalent isitish tizimlarini bosqichma-bosqich oʻrnatish, xususan, zamonaviy issiqlik nasoslari va rekuperatorlarini joriy etish;

binolarning issiqlik himoya tizimini yaxshilash, ikki kamerali va energiya samarador deraza bloklarini, svetodiodli manbalarni oʻz ichiga olgan sensorli datchiklar, shuningdek, havo rekuperatorlari va boshqa tizimlarni oʻrnatish hisobiga Nukus shahrida, viloyat markazlarida va viloyatlarning shaharlarida energiya isteʼmolini kamaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

v) xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (oʻrtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlarini(oʻrtacha 200 litr) oʻrnatish;

g) maishiy isteʼmolchilarning, shuningdek, yuridik shaxslarning nostandart gaz-gorelkali qurilmalarini zamonaviy va energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtirish;

d) Quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bilan jihozlash tavsiya etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining maʼmuriy binolari va infratuzilma obyektlari roʻyxatini 3-ilovaga muvofiq tasdiqlash.



Yuklab olish 

  

23.08.2019
523
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов