• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA

Jahon iqtisodiyotining yangi rivojlanish bosqichi, globallashuv davrida iqtisodiy inqirozning echimini topish, yangi ish o’rinlarini yaratish, resurslardan oqilona foydalanish va albatta ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarni yanada rivojlantirishni talab etadi. Iqtisodiy o’sishning eng muhim sharti bu – aholiga sifatli xizmatlar ko’rsatish va hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashdir. Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi barcha sohalarda DXSh asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ko’maklashuvchi yagona vakolatli organ sifatida turli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Xususan, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi ko’magi bilan Toshkent shahar hokimligi va Osiyo taraqqiyot bankining O’zbekistondagi doimiy vakilligi direktori Sintiya Malvichini bilan birgalikda “Toshkent shahar issiqlik tarmoqlari tizimini uzoq muddatli ijara shartida boshqaruvga topshirish bo’yicha konsultatsiya xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha kelishuv”ini imzoladi.

Mazkur Kelishuv doirasida Osiy taraqqiyot banki loyihadagi bitimlar bo’yicha Toshkent shahar hokimligining konsultanti sifatida xorijiy kompaniyalardan kelib tushgan takliflarni baholash hamda amaldagi Davlat-xususiy sherikligi to’g’risidagi Qonun talablariga ko’ra, zaruriyat bo’lganda xorijiy investorlardan kelib tushgan takliflar asosida tender tanlovini o’tkazib, eng maqbul xorijiy kompaniyani “Toshissiqquvvati” DUK bilan ijara shartnomasini imzolashda ko’maklashadi. Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida mazkur loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad Toshkent shahar kommunal xizmat ko’rsatish sohasiga xorijiy investorlarni keng jalb qilgan holda, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiyalash va rekonstruktsiyalash, tarmoqlardagi bugungi kunda mavjud yo’qotishlarni butkul bartaraf etish va sohada avtomatlashtirilgan xorijiy informatsion texnologiyalarini qo’llash orqali yuzaga kelayotgan avariya holatlarini oldini olish hamda Toshkent issiqlik ta’minotida zamonaviy menedjment usullari va jarayonlarni qo’llashdan iborat.

Ma’lumot o’rnida qayd etish kerak, mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot bank uchun O’zbekistonda kommunal xizmat ko’rsatish sohasida uchunchi loyiha bo’lib hisoblanadi. Xozirgi kunda Osiyo taraqqiyot bank bilan hamkorlikda Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish ishlari bo’yicha konsultanktlik shartnomalari imzolanib ishlar boshlangan.

31.07.2019
294
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов