
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasida joriy yilning 9-fevralda “Davlat xaridlari yo‘nalishida qonun hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgarishlar, xarid tartib-taomillari, shartnomaviy majburiyatlarni bajarish” mavzusida seminar-treyning tashkil etildi. Seminar-treyningda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi katta o‘qituvchisi Boltaev Sanjar o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Seminar-treyning Bojxona qo‘mitasi va uning tarkibiy tuzilmalari, hududiy boshqarma vakillari masovafiy ishtirok etdilar.
Budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun davlat xaridlari mexanizmi muhim hisoblanadi. Shu jihatdan, qo‘mita mutaxassislari uchun O‘zbekiston Respublikasining 22.04.2021 yildagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684 sonli qonunga rioya etilishi, xaridlar sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, qabul qilingan oxirgi me’yoriy hujjatlar va shu talablar asosida ish faoliyatni tartiga solish jihatlarining yoritilishi seminar ishtirokchilari uchun manfaatli bo‘ldi.
Seminar-treyningda shuningdek, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi mutaxassisi, maxsus axborot portal vakillari o‘zlarining yo‘nalishlari bo‘yicha savollarga javob berishdi.
Bojxona qo‘mitasi mutaxassislari ushbu tashkil etilgan seminar-treyning amaliyotda uchraydigan muammo va savollarga javoblar olishdi, hamda budjet ijrosi jarayonida, davlat xaridlarini tartib-taomillar asosida amalga oshirish uchun samarali bo‘ldi.