“Oʻzbekiston” fondi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Akademiyasi bilan tuzilgan memorandumga asosan Rossiyaning yetakchi mutaxassislari hamda professor-olimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari hamda hokimliklar vakillari uchun Rossiya Federatsiyasining Kislovodsk shahrida joylashgan “Oʻzbekiston” sanatoriyasi negizida seminar-treninglar, malaka oshirish kurslari hamda konferensiyalar tashkillashtirilib kelinadi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 7–17-dekabr kunlari “Oʻzbekiston” fondi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Dam olish – oʻqitish – malaka oshirish” loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasi Kislovodsk shahridagi “Oʻzbekiston” sanatoriysida tashkil etilgan 36 soatlik ilmiy-amaliy seminar-treningda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazining Davlat budjetining gʻazna ijrosi kafedrasi mudiri Rano Bakiyeva ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, sertifikatga ega boʻldi.

Zamonaviy talablar asosida va xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida tashkil etilgan mazkur seminar-treningda Rossiya Prezidenti huzuridagi Xalq xoʻjaligi va Davlat boshqaruvi Akademiyasi Shimoliy Kavkaz filiali professor-oʻqituvchilari, shuningdek, mamlakatimizdan tashrif buyurgan oʻzbekistonlik professor-oʻqituvchilari tomonidan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi, “Davlat-xususiy sheriklik”, “Kambagʻallikni qisqartirish: eng ilgʻor xorijiy tajribalar” singari mavzularda maʼruza oʻtkazilib, davra suhbatlari tashkil etildi.

Aytish kerakki, sanatoriya negizida seminar-treninglar, malaka oshirish va konferensiyalar tashkil etilishi singari loyihalarning yoʻlga qoʻyilishi vazirlik va idoralar hamda hokimliklar vakillari uchun ularning sogʻligʻi va davolanishiga qaratilayotgan eʻtibor, shu bilan birga, ularning kasbiy pofessionallik bilim darajasi oshishiga va xorijiy tajribani oʻrganish, tahlil qilishi uchun zamin yaratadi.
