2021 yilning 16 sentabr kuni Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi Moliya vazirligining Davlat budjeti departamenti bilan hamkorlikda vazirlik tizimi xodimlari uchun “Davlat moliyaviy nazorati tizimining xorij tajribalari va unda ichki auditning tutgan o‘rni” mavzusida onlayn shaklda davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan strategiyasining ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Davra suhbatini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Davlat moliyaviy nazorati tizimi islohotlariga oid jarayonlarni yanada kengroq yoritish, davlat moliyaviy nazoratining samarali amalga oshirilishini ta’minlash borasida ko‘nikmalar hosil qilish, davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar hamda xato va kamchiliklarning oldini olish borasida fikrlar bilan almashishdan iborat.
Davra suhbatida Moliya vazirligining Davlat budjeti departamenti, Budjetni tuzish va g‘aznachilik ijrosi, ichki audit va moliyaviy nazorat uslubiyoti boshqarmasining "Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodologiyasi" bo‘limi boshlig‘i Jabborov Azamat Alijonovich ma’ruza bilan ishtirok etdi va quyidagi masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi:
- «Uch chiziqli himoya» modeli;
- Davlat moliyaviy nazoratining amaldagi tizimi;
- Davlat moliyasini rivojlantirish strategiyasi;
- Ichki auditning xalqaro nazariy asoslari;
- Davlat sektorida Ichki auditni rivojlantirish bosqichlari.
Shuningdek, davra suhbatida Moliya vazirligi tizimi xodimlari tomonidan berilgan savollarga mutaxasislar tomonidan javoblar berildi, davlat moliyaviy nazoratini va ichki auditni samarali amalga oshirilishini ta’minlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, davlat moliyasini rivojlantirish strategiyasiga doir masalalar muhokama qilindi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar mazkur tadbir davlat moliyaviy nazoratini va ichki auditni samarali amalga oshirilishi jarayoni bo‘yicha moliya tizimi xodimlarini bilimlarini oshirishga, huquqiy ong va zamonaviy dunyoqarashlarini kengayishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.
