Joriy yil 5-7 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi va Soliq Kodeksining yangi tahriri mazmuni, shuningdek ushbu qonun loyihalarida mahalliy davlat organlarining belgilangan vakolatlari va majburiyatlarini tushuntirish yuzasidan Juqorg‘i Kengesi deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahrida xalq deputatlari va mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari uchun seminar rejalashtirilgan edi.
Shu jumladan bugun 2019 yil 5 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi deputatlari va Surxondaryo viloyatining xalq deputatlari va mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari uchun seminar o‘tkazildi.
Seminar doirasida ishtirokchilarga “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining maqsadi, Qonun bilan budjet sohasiga kiritilayotgan asosiy yangiliklar va o‘zgarishlar, xalq deputatlari va mahalliy boshqaruv organlarining budjet sohasidagi vakolatlari to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Bundan tashqari seminarda Soliq Kodeksining yangi tahriri mazmuni tushuntirildi va keng muxokama qilindi.
Ushbu seminar xalq deputatlar kengashlarining budjet sohasida malakasini oshirish, ulqarni budjetni tuzish va ijro etish jaraeniga yanada jalb qilishda juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘rtasida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha savollarga javob berildi.