
Joriy yilning 30-aprel kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida “Gʻaznachilik tizimida nazorat tadbirlari va g‘azna ijrosida risklarni o‘rganish, tahlil qilish va oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatini gʻaznachilik xizmatining hududiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari uchun Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi Xavflar bilan ishlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Xasanov Adiz olib bordi.
Mazkur davra suhbatining asosiy maqsadi hududlardagi mavjud muammoli vaziyatlarga yechim topish, yuklangan vazifalarni sifatli bajarishdan iborat. Shuningdek, oxirgi qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlardan — O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi O‘RQ–1005-son “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 865-son “2025–2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha tahlillar va tushuntirishlar berildi.
O‘quv markazida tashkil etilib kelinayotgan o‘quv kurslarida bu kabi davra suhbatlarining doimiy ravishda o‘kazilib kelishi tinglovchilarga budjet ijrosi bilan bog‘liq ko‘plab foydali maʼlumotlarga ega bo‘lishda ahamiyatlidir.