• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Hududiy g‘aznachilik xizmati boshqarmalari nazorat mutaxassislari uchun malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida “master klass” tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida joriy yilning 23-noyabrida “G‘aznachilik ijrosi jarayonida nazorat mexanizmi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G’aznachilik xizmati qo‘mitasi “G‘aznachilik risklarini tahlili boshqarmasi” bosh mutaxassisi Xudoyberdi Sattorov va viloyat G‘aznachilik xizmati boshqarmalari G‘aznachilik operatsiyalarini monitoring qilish bo‘yicha sho‘basi boshliqlari va bosh mutaxassislari ishtirok etdilar.

Budjet ijrosi jarayonida nazorat mexanizmi muhim rol o‘ynaydi. Shu jihatdan, qo‘mita mutaxassisi hududiy nazorat mutaxassilari uchun dastlabki va joriy nazoratni tashkil etish usullari, O‘zbekiston Respublikasining 22.04.2021 yildagi  “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684 sonli qonunga rioya etilishi, O‘z.R. Adliya vazirligidan 22.12.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari” 2850-yo‘riqnoma talablari asosida to‘lov hujjatlarining yuritilish tartibi, hisob va hisobotlarni shakllanishi jarayonida nazorat tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “master klass” o‘tkazildi.

 Shuningdek, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining 18.09.2023 yildagi №50-sonli buyrug‘i asosida tizimda strukturaviy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ushbu bu‘yruq bo‘yicha “G‘aznachilik risklarini tahlil boshqarmasi” va uning tarkibiy bo‘limlari tuzildi. G‘aznachilikda nazorat tadbirlari yangicha tizim asosida tashkil etilishi belgilab berildi. Shundan kelib chiqib, kelgusida hududiy nazorat mutaxassislari o‘z faoliyatlarini tashkil etishda belgilangan ko‘rsatmalar va tartiblar asosida yangicha uslubda funksional vazifalarini yo‘lga qo‘yishlari batafsil  tushuntirildi.

Soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etilayotgan davra suhbatlari tajriba almashinuvida, rahbariyat tomonidan qo‘yilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishida foydali va ahamiyatli bo‘ldi, hamda g‘azna ijrosi jarayonidagi muammolarga bevosita respublika darajasida yechim topilishida samarali hisoblanadi.

23.11.2023
188
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов