• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Ilk marotaba 5 yillik davlat qimmatli qog‘ozlari joylashtirildi

2021-yil 27-aprelda O‘zbekiston Respublika Valyuta birjasida (O‘zRVB) o‘tkazilgan elektron savdolarda ilk marotaba 5 yillik davlat qimmatli qog‘ozlari muomalaga chiqarildi. Ushbu davlat qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadligi 12,65 foizni tashkil etib, 5 yillik muddat uchun benchmark yaratildi.

Auksion savdolarida umumiy qiymati 100 mlrd. so‘m bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish uchun dilerlar tomonidan taklifga nisbatan 1,7 barobar ortiq hajmdagi buyurtmalar qabul qilindi. 

O‘rta va uzoq muddatli davlat qimmatli qog‘ozlari emissiya qilinishi milliy valyutadagi past xatarli instrumentlarni chiqarish orqali mablag‘larni jalb qilish benchmarki bo‘lib xizmat qiladi, moliyaviy instrumentlarni diversifikasiyalash hamda moliya bozoriga yangi ishtirokchilarni (sug‘urta kompaniyalari va boshqalar) jalb etish uchun zamin yaratadi. 

Qayd etish joizki, Moliya vazirligi tomonidan davlat qarzi portfelini diversifikasiyalash va valyuta xatarlarini pasaytirish maqsadida davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hajmi oshirilmoqda va ichki moliya bozorlarini rivojlantirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. 

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6207-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2021-2022-yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish choralari belgilangan. 

Davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish borasida Moliya vazirligi bilan AQSh G‘aznachiligi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida AQSh G‘aznachiligining maslahatchilari tomonidan Moliya vazirligiga texnik ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Xususan, Moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan davlat qimmatli qog‘ozlari hajmi 2018-yilda – 597 mlrd. so‘mni, 2019-yilda 1 550 mlrd.so‘mni, 2020 yilda – 5 024 mlrd. so‘mni va 2021-yil yanvar-aprel oylarida – 1 173 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, davlat qarzi portfelida valyuta xatarlarini kamaytirish maqsadida 2020-yil noyabr oyida ilk bora so‘mda 2 trln. so‘m miqdorida suveren xalqaro obligasiyalari chiqarildi.

Moliya vazirligi kelgusida ham davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarishda ichki davlat qarzini samarali boshqarish va mahalliy moliya bozorlarini rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqib, moliya bozorlaridagi joriy holat va talabni inobatga olgan holda amalga oshiradi.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

27.04.2021
129
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов