Joriy yilning 5-sentabr sanasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimi hodimlari hamda O‘quv markazi tinglovchilari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Davra suhbati jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi qonunchilik va xuquqiy siyosat instituti sho‘ba mudiri, yuridik fanlari doktori, Ismoilov Bahodir Islamovich tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmuni va mohiyati, davlat fuqarolik xizmati qonuni, davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlariga oid maʼlumotlar berdi.
Hususan qonunning 12-moddasiga asosan Davlat fuqarolik xizmatchisi o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq boshqa qoidalarga rioya etishi shartligi belgilangan.

Davra suhbati ishtirokchilari korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan bilimlarini mustahkamlab oldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.