Joriy yilning 21-sentabr sanasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimi hodimlari hamda O‘quv markazi tinglovchilari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida komplaens hizmatining o‘rni va ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi qonunchilik va xuquqiy siyosat instituti sho‘ba mudiri, yuridik fanlari doktori, Ismoilov Bahodir Islamovich tinglovchilarga korrupsiyaga oid ma'muriy huquqbuzarliklar va korrupsiyaga oid jinoyatlar, mansabdor shaxslar tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun javobgarlik turlari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning asosiy ko‘rinishlari, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish choralariga oid maʼlumotlar berdi.
Davra suhbati ishtirokchilari korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan bilimlarini mustahkamlab oldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.