• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Jamshiz Qo‘chqorov: Xalqaro tovar va moliya bozorlarida yuzaga kelgan vaziyat so‘mning almashuv kursiga ta’siri hozircha neytral

Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov gaz narxining pasayishi eksport tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi.

9 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank hamda Moliya vazirligi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida jahon moliya va xom ashyo bozorlaridagi oxirgi o‘zgarishlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat vaziri Jamshiz Qo‘chqorov ma’lum qildi.

Yig‘ilishda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

- gaz narxining pasayishi (neft narxining pasayishi sababli) va ayrim mamlakatlar milliy valyutasining devalvatsiyasi eksport tushumlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan birga neft va gaz narxi pasayishining ichki bozorga ijobiy ta’siri ham o‘rganib chiqiladi. Xalqaro tovar va moliya bozorlarida yuzaga kelgan vaziyatning so‘mning almashuv kursiga ta’sirini hozircha neytral deb baholaymiz;

- gaz narxi pasayishi sababli Davlat byudjeti daromadlarining yo‘qotishlari oltin narxining yuqori ekanligi hisobiga to‘liq qoplanadi. Umuman olganda, Davlat byudjeti barcha majburiyatlarini to‘liq ta’minlash imkoniga egadir;

- mazkur masala bo‘yicha asosiy savdo hamkor davlatlarimiz rasmiy idoralarining 9 martdagi bayonotlarini, asosiysi, ularning makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga bo‘lgan jiddiy rejalarini ijobiy baholaymiz;

- xalqoro moliya va tovarlar bozorlarida yuzaga kelgan qaltis vaziyatning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirining ko‘lami birinchi navbatda ushbu tebranishlarning qanchalik uzoq muddat davom etishiga bog‘liqdir.

Yuzaga kelgan vaziyatning O‘zbekistondagi makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sirini minimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kirishildi. Shu maqsadda uchta idora vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhi tuzildi.

"Fursatdan foydalanib shuni ma’lum qilmoqchimizki, joriy yilning 13 mart kuni Moskva shahrida MDH davlatlari iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda ushbu masalani tashqi savdo bo‘yicha asosiy hamkor davlatlarimiz vakillari – hamkasblarimiz bilan yana bir bor muhokama qilib olamiz.

Ishchi guruhi va tegishli idoralar jahon moliya va xom ashyo bozorlaridagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib boradilar va ommaviy axborot vositalari orqali ma’lumot berib turadilar", deydi Iqtisodiyot va sanoat vaziri Jamshid Qo‘chqorov.

Manba

11.03.2020
116
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов