O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi sababli, Moliya vazirligi tomonidan “Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari”ga (Adliya vazirligi tomonidan 03.11.2009-yilda 2033-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari” (Adliya vazirligi tomonidan 05.11.2009-yilda 2037-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) yangi tahrirda qabul qilinmoqda.
Ushbu loyihalar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirildi:
1. “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” ID-46394
2. “Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” ID-46391
Moliya vazirligi
Axborot xizmati