• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi bosqich: O‘quv markazi xodimlari ISO 37001:2025 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi

      O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlarini joriy etish va rivojlantirish yo‘nalishida navbatdagi muhim bosqich amalga oshirildi. O‘quv markazi boshqaruv xodimlari hamda professor-o‘qituvchilari ISO 37001:2025 xalqaro standarti talablari asosida malaka oshirib, tegishli xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi. Mazkur natija mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat boshqaruvida shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash, shuningdek, zamonaviy komplaens tizimlarini joriy etish borasida olib borilayotgan izchil islohotlarning amaliy ifodasi hisoblanadi.

      Sertifikatlash jarayonida xodimlar xalqaro talablar asosida tashkil etilgan o‘quv dasturlarida ishtirok etib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va kompleks baholash, ichki nazorat mexanizmlarini samarali yo‘lga qo‘yish hamda komplaens tizimlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni egalladi.

      Yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning bilim va malakasi ISO 37001:2025 xalqaro standarti talablariga to‘liq mos ekani tasdiqlandi hamda ularga belgilangan tartibda xalqaro sertifikatlar topshirildi.

         Mazkur sertifikat xodimlarning:

  • korrupsiyaviy risklarni samarali boshqarish,
  • faoliyatda shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash,
  • ilg‘or komplaens tizimlarini joriy etish

bo‘yicha professional tayyorgarligi yuqori darajada shakllanganligini tasdiqlaydi.

      Erishilgan natijalar O‘quv markazida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, institutsional salohiyatni mustahkamlash hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni keng joriy etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilayotganidan dalolat beradi.

      Kelgusida mazkur yo‘nalishda malaka oshirish dasturlarini kengaytirish, xorijiy tajribalarni tizimli ravishda tatbiq etish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar davom ettiriladi.

30.03.2026
8
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов