O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan 2021-yil 28-may kuni jahon banki bilan hamkorlikda "Shahar joylarda yer va ko'chmas mulkni baholash: xalqaro tajriba " mavzusida "virtual" davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati Jahon bankining ko'magida tashkil etilgan davlat va shahar yerlarini boshqarish va ko'chmas mulkni boshqarishga bag'ishlangan bir qator virtual davra suhbatlarining davomi hisoblanadi.

Davra suhbatida Jahon bankining yer va jo'g'rofiy masalalar bo'yicha jamoasi, xalqaro ekspertlar, moliya vazirligi, iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vazirligi, qishloq xo'jaligi vazirligi, davlat soliq qo'mitasi, DSQ huzuridagi kadastr agentligi, davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakillari, shuningdek, "ko'chmas mulkni ro'yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish"loyihasi jamoasi ishtirok etdi.

Jahon banki mutaxassislari sha joylarda yer va ko'chmas mulkni baholash bo'yicha eng yaxshi xalqaro tajriba almashdilar.
Davra suhbati ishtirokchilari ko'chmas mulk obyektlarining qiymatini aniqlash, yer va ko'chmas mulkni baholashni yanada takomillashtirish bo'yicha eng yaxshi amaliyot yuzasidan fikr almashdilar.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati