Joriy yilning 18 oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o'rinbosari Axadbek Xaydarov va Malayziya tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Dato Marzuki Yax'ya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ma’lumot uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi va Malaziya davlati o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy tamoyillari 1993 yil 3 aprelda qabul qilingan.
Moliya vaziri o'rinbosari A. Xaydarov moliya va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati hamda ularning jamiyat uchun samarali amalga oshirish muhimligini, ta'kidlab o'tdi.
Ushbu tashrif doirasida tomonlar iqtisodiyot va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha texnik yordam ko'rsatish, xususan, budjet taqsimoti, budjet daromadlarini oqilona taqsimlash, qishloq xoʻjaligi, sanoat va elektron sohada hamkorlikni kelgusidagi ya'nada rivojlantirishni qo'llab quvatladilar.
Uchrashuvda Malayziya tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Dato Marzuki Yax'ya kelgusida O'zbekiston bilan hamkorlikni ya’nada yaxshilash moliyaviy va iqtisodiy yangiliklar va shu asosida tajriba almashishga tayyor ekanligini bildirdi.
O'z navbatida qayd etilganidek, Malayziya hududida O'zbekiston Respublikasi rezidentlari ishtirokida 1 ta korxona tashkil etildi va 2019 yil iyun holatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasida Malayziya davlati bilan hamkorlikda 16 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bulardan: tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash, elektrotexnika, kimyoviy va to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, savdo, turizm, konsalting va boshqa sohalardagilar kiradi.
Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan sohalardagi moliyaviy va texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha masalalarni kelgusida ham ko'rib chiqishga kelishdilar.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati.
Manba: Mf.uz