Moliya vazirligi MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha jahonning muvaffaqiyatli tajribalarini ommalashtirish, shu jumladan buxgalteriya hisobi va audit sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha akkreditasiyadan o‘tgan nodavlat ta'lim tashkilotlarini hamda sohaga oid oliy ta'lim muassasalarining o‘quv dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazish yuzasidan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar (Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assosiasiyasi (Association of Chartered Certified Accountants - ASSA) va boshqalar) bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish choralarini muntazam amalga oshirmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ASSA akkreditasiyasidan o‘tgan 8 ta nodavlat ta'lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. MHXS sohasida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha quyidagi nodavlat ta'lim muassasalariga murojaat qilishingiz mumkin.
· International Business Studies (www.ibs-tashkent.uz);
· GRBS - Tashkent (www.grbs.uz);
· Republican Graduate School of Business and Management (www.rgsbm.uz);
· STARS lnternational Business School (www.ibs.edu.uz);
· International Institute of Finance and Accounting (www.iifa.uz);
· Academy of Finance and Investment Management;
· Finspect Advisory (www.finspect.uz);
· Profi Training (www.uztraining.uz).
MHXS bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan xalqaro akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan MHXS bo‘yicha bepul onlayn-kurslarda ishtirok etuvchi turli soha vakillari soni 4500 taga yetdi.
MHXS asoslari bo‘yicha bupul onlayn-kurslarda quyidagi havola ifrs.academy va uztraining.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
https://uztraining.uz/

Manba: Mf.uz