• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Mehnatni muhofaza qilishda moliyaviy rejalashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-yanvar kuni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi malaka oshirish institutida Tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” xodimlari kasaba uyushmasi Kengashlari mehnat texnik inspektorlari uchun seminar-trening oʻtkazildi.

Seminar-trening “Budjet parametrlarining taqsimoti, mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlariga mablagʻ ajratish masalasi” mavzusida bo‘lib, uning asosiy maqsadi budjet parametrlarini puxta rejalashtirish va ularni mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlariga maqsadli yo‘naltirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash, mehnat texnik inspektorlarining amaliy faoliyatida samaradorlikni oshirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan. 

Tashkil etilgan bu seminarda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Ijtimoiy himoya tashkilotlarini moliyalashtirish va transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi Muxtorjonov Akmaljon, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi professor-oʻqituvchilari Ilxomov Baxodir va Ibodullayev Shixnazar mavzuga doir maʼruzalar bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida tinglovchilarga mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirishning amaldagi tartiblari, budjet mablagʻlarini rejalashtirish jarayonidagi ustuvor yoʻnalishlar hamda ajratilayotgan mablagʻlarning ishlab chiqarish xavfsizligini taʼminlash singari masalalar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, tinglovchilar bilan o‘zaro fikr almashildi, ular tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari javob berdilar. 

29.01.2026
37
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов