• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Moliya vazirligi va oliy taʼlim talaba yoshlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli uchrashuv

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti departamenti va Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi hamkorligida Respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan tashabbusli budjetlashtirish jarayonining mazmun-mohiyati, amalga oshirish mexanizmi hamda Moliya vazirligining “Yoshlar - yuqori marralar” platformasida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan tadbirlar boʻyicha maʼlumotlar berish yuzasidan amaliy seminarlar davomli tashkil etilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 1-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi direktori I.Xamidova, professor-oʻqituvchilaridan B.Ilxomov, Oʻzbekiston Respublikasi  Moliya vazirligi Davlat budjeti departamenti bosh mutaxassisi X.Hamdamova va  Moliya vazirligining Yoshlar yetakchisi Dilshod Jumanazarovlar ishtirokida Toshkent davlat transport universiteti talabalari bilan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida hamda “Yoshlar-yuqori marralar” platformasi doirasidagi tadbirlarda talabalar faolligini oshirishga qaratilgan amaliy seminar oʻtkazildi.

Amaliy seminarda talabalarga tashabbusli budjetlashtirish jarayonining meʼyoriy-huquqiy asoslari, amalga oshirish mexanizmi va fuqarolarning budjet jarayonidagi ishtiroki masalalari keng yoritilib, “Open budget” axborot portali orqali fuqarolar tomomnidan kiritilgan loyiha takliflari tahlil qilindi. Shuningdek, Moliya vazirligining “Yoshlar-yuqori marralar” platformasi va tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida faol ishtirok etan talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida joriy etilgan “Tashabbuskor budjet elchisi” tanlovi boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuni taʼkidlash joizki, amaliy seminar jonli muloqot tarzida oʻtkazilib, talabalar mavzu yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar, ular tomonidan tashabbusli byudjetlashtirish jarayoni, loyihalarni moliyalashtirish bilan bogʻliq juda koʻp muammoli savollar oʻrtaga qoʻyildi hamda mutaxassislar tomonidan ushbu savollarga atroflicha javob berildi.

01.04.2022
310
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов