O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati hamda tarkibiy bo'linmalari xodimlarining bilim, ko'nikma va malakalarini, shuningdek salohiyatini oshirish maqsadida Moliya vazirligi xodimlar bilan ishlash boshqarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi O'quv markazi bilan hamkorlikda 2020-yil 5-avgustda “Taym menejment” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.
Seminarni tashkil etishdagi asosiy maqsad - HRD (Inson resurslarini rivojlantirish) tamoyili asosida xodimlarning kasbiy mahoratlarini rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirishdir.
Seminarda Moliya vazirligining Axbort xizmati bo'limi, Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi, Mehnat va ijtimoiy himoya tarmoqlarida byudjet siyosati departamenti, Yuridik boshqarmasi, Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishning muvofiqlashtirish departamenti, Axborot hisoblash markazi, Agrosanoat majmuasi va atrof-muhitni muhofaza qilish moliyasi boshqarmasi, Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish departamenti, Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti, Hududlar moliyasi bosh boshqarmalari, Iste'mol bozori, transport, aloqa va turizm sohalarini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi, Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi hamda tarkibiy bo'linmalari xodimlari ishtirok etdi.
Seminarni O'quv markazining “Davlat moliyasi” kafedrasi katta o'qituvchisi Ra'no Xudayberganovna Bakiyeva olib bordi. Ushbu onlayn dars jarayonida “Taym menejment”ning maqsad va vazifalari, shuningdek xodimlar uchun vaqtni to'g'ri taqsimlash metodlari, vaqtni to'g'ri rejalashtirishga halaqit beruvchi omillar, vaqtida eng asosiy ishni aniqlab olish, ishlarni muhimligiga qarab joylashtirib olish, vaqt o'g'rilari, vaqtni boshqarish samaradorligi masalalari yuzasidan qiziqarli ma'lumotlar berib borildi. Bundan tashqari, mavzuni yoritishda, zamonaviy dars o'tish metodlaridan foydalangan holda mavzuga oid video roliklardan ham foydalanildi.

Respublikada karantin davri davom etayotgan vaqtda Moliya vazirligi xodimlarining sog'lig'ini saqlash va koronavirus infeksiyasi tarqalib ketishining oldini olish maqsadida Moliya vazirligi O'quv markazi, xorijiy mutaxassislar hamda xalqaro universitetlarning professor-o'qituvchilarini jalb qilgan holda shu kabi seminarlarni onlayn tarzda (Zoom ilovasi orqali) vebinar shaklida olib borish rejalashtirildi.
