Narkojinoyatga aralashma — hayotingni xavfga qo‘yma!
Bugungi kunda giyohvandlik va narkojinoyatlar jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.

Narkotik moddalar bilan bog‘liq har qanday faoliyat — bu nafaqat qonunbuzarlik, balki insonning o‘z hayoti, oilasi va kelajagini xavf ostiga qo‘yishidir. Bunday yo‘l oxir-oqibat insonni yolg‘izlik, kasallik va jinoyat girdobiga olib kiradi.
Har bir fuqaro ogoh bo‘lishi, shubhali holatlardan yiroq yurishi va yaqinlarini ham bu xavfdan asrashi zarur. Ayniqsa, yoshlar orasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish — bugunning muhim vazifalaridan biridir.

Unutmang:
Narkojinoyatga aralashmang — uyingizda tinchlikni, oilangizda baxtni asrang!
18.03.2026
9