• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Nogironligi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini davlat xaridlarida ishtirokni kengaytirishga qaratilgan maxsus oʻquv kursi tashkil etildi

Joriy yilning 10–12-dekabr kunlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi
Oʻquv markazida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning biznesini davlat xaridlari orqali rivojlantirish hamda davlat xaridlarida ishtirokini kengaytirish maqsadida “Davlat xaridlarida yetkazib beruvchilar uchun maxsus kurs” nomli oʻquv kursi tashkil etildi.

Mazkur oʻquv kursi Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha departamenti (UNDESA) hamda BMTning Taraqqiyot Dasturi (UNDP) koʻmagida tashkil etilib, unda 30 nafar nogironligi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

Oʻquv kursi doirasida ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyulda qabul qilingan PQ–249-son “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati, kichik tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlarida ishtirok etish tartib-taomillari, elektron doʻkon orqali xaridlarni amalga oshirish jarayonlari hamda teng shartlar mavjud boʻlgan hollarda nogironligi boʻlgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini taʼminlagan tadbirkorlik subyektlariga ustuvorlik berilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari tomonidan davlat buyurtmachilari va xarid qilish tartib-taomillari ijrochilari oʻrtasida shartnomalarni bajarish jarayonida yuzaga kelishi kutilgan sudgacha boʻlgan nizolarni hal etishda koʻmaklashish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgani haqida ham tushuntirishlar berildi.

Oʻquv kursi davomida ishtirokchilarga davlat xaridlari sohasida bilim va malakasini muntazam ravishda oshirib borish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot yetkazildi. Xususan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi tomonidan ishlab chiqilgan masofaviy taʼlim platformasida (masofa.tcmf.uz) davlat xaridlari boʻyicha qator oʻquv kurslari mavjudligi, mazkur platformada taʼlim olish mutlaqo bepul ekani hamda undan mutaxassislar
24/7 rejimida foydalanishlari mumkinligi taʼkidlandi.

Kurs yakunida ishtirokchilar davlat xaridlari sohasiga oid masalalar yuzasidan oʻzlarining qiziqtirgan savollariga sohaning malakali mutaxassislaridan asoslantirilgan javoblar olishdi, amaliy tajribalar bilan oʻrtoqlashib, ochiq muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Ahamiyatlisi shundaki, tashkil etilgan mazkur oʻquv kursi nogironligi boʻlgan tadbirkorlarni iqtisodiy faollikka keng jalb etish, ularning raqobatbardoshligini oshirish hamda jamiyatda ijtimoiy inklyuziyani taʼminlashga xizmat qiladi.

15.12.2025
57
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов