• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Aksiyadorlik jamiyatlarini korporativ veb-saytlari faoliyatini takomillashtirgan holda, aksiyadorlar va bo'lajak investorlar uchun ularning ochiq va shaffofligini ta'minlash

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5073-sonli Qaroriga asosan, 2021-yil 1-maydan boshlab Kapital bozorini rivojlantirish agentligining vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga o’tkazildi.

Shuningdek, ushbu Qarorning 4-bandiga asosan, Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish agentligining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo’yicha huquqiy vorisi hisoblanishi belgilangan.

Moliya vazirligi Qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish, nazorat qilish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organ hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 106-moddasiga asosan, jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda o‘zi to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilishni amalga oshirishi shart.

Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan jamiyat fond birjasining rasmiy veb-saytida jamiyat ustavining matnini, shu jumladan unga doir o‘zgartish va qo‘shimchalarni, shuningdek oshkor etilishi majburiy bo‘lgan boshqa axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e'lon qilishi shart.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 2 iyuldgi “Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 176-son qarori bilan tasdiqlangan “Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizomida aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga va ushbu saytlarda joylashtirilishi majburiy bo‘lgan axborotga qo‘yiladigan talablarni belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 fevraldagi “Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarining rasmiy veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 81-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarining rasmiy veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizomida ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi majburiy bo‘lgan axborotga qo‘yiladigan talablarni belgilangan.

Bugungi kunda, Moliya vazirligi tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari korporativ veb-saytlari yuqorida keltirilgan qonun xujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan o’rganish ishlari olib borilmoqda.

Biroq, o’rganish natijalariga ko’ra aksiyadorlik jamiyatlari va qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinmasdan kelinayotganligi va ko’plab aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlarida quyidagi axborotlar joylashtirilmayotganligi aniqlanmoqda:

- Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, hisoblangan va to‘langan dividendlar (ajratmalar), qarzdorlik miqdori, aksiyadorlar (ishtirokchilar) tomonidan dividendlarni olish uchun bog‘lanish ma’lumotlar;

- biznes-reja ijrosi holati to‘g‘risida (shu jumladan, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari bajarilishi va maqsadlarga erishish inobatga olingan holda) va rivojlanish strategiyalarida nazarda tutilgan dasturlarning natijalari to‘g‘risidagi axborotlar;

- korxonaning boshqaruv organlari tomonidan o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishda qabul qilingan qarorlar;

- korxonaning faoliyatini baholash natijalari to‘g‘risidagi axborotlar;

- affillangan shaxslar ro’yxati, affillangan shaxslar bilan tuzilgan va yirik bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

- boshqaruv va nazorat organlariga to‘langan rag‘batlantirish miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar.

Moliya vazirligi tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari va qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinmaganligi aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi “Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 174-1-moddasiga ko‘ra, jamiyatning mansabdor shaxsiga nisbatan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

27.07.2021
431
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов