• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Davlat budjeti daromadlarini prognozlashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi

2022 yil 2-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti hamda Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi hamkorligida “Davlat budjeti daromadlarini prognozlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar oʻtkazildi. Seminarda Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi xodimlari, Tuman (shahar) moliya boʻlimlarining Obodonlashtirish, kommunal va yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy taʼminlash shoʻbasi bosh iqtisodchilari hamda  Tuman (shahar) moliya boʻlimlarining Budjet daromadlari prognozini tuzish va bazasini mustahkamlash boʻlimi boshliqlari ishtirok etdilar.

Mazkur seminar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha 2021–2023 yillarga moʻljallangan strategiyasi ijrosini taʼminlash yuzasidan tashkil etildi.  

Seminarni tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad – Davlat budjeti daromadlarini prognozlashtirishda hamda soliqlarning yigʻiluvchanligini taʼminlashda yuzaga kelayotgan holatlarni kengroq yoritish, daromadlarni prognozlashtirishda hududlarning soliqlar boʻyicha salohiyatlarini tahlil qilish, hududlar daromadlarini rejalashtirish borasida fikrlar almashishdan iborat.  

Seminarda Moliya vazirligining Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti boʻlim boshligʻi Sharapov Mirodil Abdulboqiyevich maʼruza bilan ishtirok etib, quyidagi yoʻnalishdagi masalalar boʻyicha batafsil maʼlumot berdi:

  • 2018 - 2022-yillar uchun davlat budjeti daromadlari tahlili va ijrosi;
  • 2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi;
  • hududlarning soliqlar boʻyicha salohiyatlari tahlili.

Seminar davomida vazirlik tizimi xodimlari tomonidan berilgan savollarga asosli javoblar berildi, daromadlarni prognozlashtirish va tahlil qilishga oid vazifalar hamda maqsadlar boʻyicha eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlarga, moliya organlari xodimlarining vazifalariga doir masalalarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

02.03.2022
555
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов