• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Oliy ta’lim va amaliyot integratsiyasiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da xalqaro tajribadan kelib chiqib, oliy taʼlimning ilgʻor standartlarini joriy etish, jumladan, oʻquv dasturlarida nazariy bilim olishga yoʻnaltirilgan taʼlimdan amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi, Alfraganus hamda Fan va texnologiyalar universitetlari hamkorligida universitetlarning Iqtisodiyot fakultetlari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

Tashkil etilgan seminarda “IT Park Uzbekistan” startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Rahimjonov Usmon Aminjanovich kirish so‘zi bilan ishtirok etib, “Startap va uni amalga oshirish asoslari” mavzusida ma’ruza qildi. Unda startap tushunchasi, innovatsion g‘oyalarni shakllantirish va amaliy loyihaga aylantirish bosqichlari, shuningdek, startap faoliyatini rivojlantirishda mavjud imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Seminar-trening davomida O‘quv markazining professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun “Davlat moliyasini boshqarish”, “Yashil iqtisodiyot” hamda “Gender iqtisodiyoti” yo‘nalishlari bo‘yicha muhim nazariy tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalarning olgan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi”, “Tashabbusli budjetlashtirish” hamda “Mening maktabim” loyihasi doirasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, interaktiv “Blis o‘yin” o‘tkazildi va ishtirok etganlar orasida g‘oliblar aniqlanib, maxsus esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar seminar-treningning mazmunan boy va amaliy jihatdan foydali bo‘lganligini alohida ta’kidlab, kelgusida ham bunday tadbirlarning o‘tkazilishi oliy ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni kuchaytirishiga, talabalarning kelajakda raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qilishini e’tirof etdilar.

22.12.2025
17
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов