• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O‘quv markazi tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari moliyaviy savodxonligini oshirish bo’yicha tadbir o‘tkazildi.

Iqtisodiyotning barqaror va mutanosib rivojlanishi, aholi turmush darajasi va farovonligining oshishi ko‘p jihatdan fuqarolarning iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ongli ravishda munosabatda bo‘lishi, iqtisodiy tafakkur va ko‘nikmalarning rivojlanishiga bog‘liq. Chunki, fuqarolar qanchalik yuqori iqtisodiy faollik va moliyaviy savodxonlikka ega bo‘lsa, ularning iqtisodiy faoliyati, hayotning turli jabhalarida qabul qilayotgan qarorlari shu darajada samarali bo‘ladi. Ayniqsa, moliyaviy savodxonlik mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitining rivojlanishiga, tadbirkorlik faoliyatining kengayishiga qulay imkon yaratadi.

Moliyaviy savodxonlik – bu inson moliyaviy xulq-atvori sohasidagi uning farovonligini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga olib keluvchi bilim, ko‘nikma va qadriyatlar majmui; hayotdagi voqealar va iqtisodiy shart-sharoitlardagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qisqa muddatli qarorlar va uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirish orqali shaxsiy moliyani boshqarishdagi qobiliyat va qat’iylikni, asosiy moliyaviy tushunchalarni anglab yetishni ifodalovchi darajadir.

2021-yil 13-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining pf-6207-son “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonining oltinchi bandida Moliya vazirligiga umumta’lim maktablari o‘quvchilari moliyaviy savodxonligini oshirish bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar doirasida hamda  Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi ustavida belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqib O’quv markazi tomonidan 2022-yil 25-noyabr kuni Toshkent shahri Olmazor tuman 196 - sonli umumta'lim maktabida boshlang‘ich sinflarda moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha o’quv mashg‘uloti tashkil qilindi.

Mashg‘ulotda moliyachi kasbi, uning moliya tizimini boshqarishda o‘rni, davlat budjetini boshqarish mexanizimi, daromadlar va xarajatlar tushunchalari boshlang‘ich sinflar darajasida tushuntirildi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida “Oila budjeti” mavzusida amaliy jarayonlar tashkil qilinib, oila budjetini daromat va xarajatlarini samarali boshqarish o’rgatildi.

O‘quvchilarda real simulyatsiya mashg‘ulotida budjet daromadi va xarajatini samarali boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalar shakillantirildi. Mashg’ulot so‘nggida maktab kutubxonasiga moliyaviy savodxonlikni rivojlantiruvchi kitoblar sovg‘a qilindi.

25.11.2022
300
Chop etish
O'xshash yangiliklar
Pullik ta’lim xizmatlari
Buxgalteriya hisobi va audit xalqaro standartlari bo'yicha konferensiya bo'lib o'tdi
“UzASBO” dasturiy majmuasida ishlash tartibi” nomli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
O‘quv markazi tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari moliyaviy savodxonligini oshirish bo’yicha tadbir o‘tkazildi.
Yangi davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalidan foydalanish uchun videoqoʻllanma
DMBAT-2 axborot tizimlarida ishlash bo'yicha o'quv mashg'uloti o'tkazildi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов